O'quvchi va ota-onalar ilovasi. App Store kerak emas — quyidagi 6 qadamni ketma-ket bajaring, ilova telefoningiz bosh ekranida paydo bo'ladi.
Har bir qadam rasmda ko'rsatilgan.
Havolani Telegram ichida ochgan bo'lsangiz, pastdagi kompas belgisini bosing — sahifa Safari'da ochiladi.

Safari'da pastdagi manzil qatorining o'ng tomonidagi uch nuqtani bosing.

Ochilgan ro'yxatdan eng yuqoridagi Share (Ulashish) bo'limini tanlang.

Ulashish oynasining pastki qatoridagi More (uch nuqta) tugmasini bosing.

Ro'yxatdan Add to Home Screen (Bosh ekranga qo'shish) qatorini tanlang.

Nom o'rniga o'quv markazingiz nomini yozing, so'ng yuqoridagi Add tugmasini bosing.

Ilova telefoningiz bosh ekraniga o'rnatildi. Endi uni oddiy ilova kabi ochasiz — telefon raqamingiz va Telegram orqali keladigan kod bilan kirasiz.